Vazirlar mahkamasi qarori loyihasiga muvofiq Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi. Ushbu hujjatga ko‘ra, universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Ta’lim olish to‘lov-kontrakt va yuridik shaxslar — potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari, shuningdek, yoshlarni o‘qitish uchun ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt miqdori univerisitet Muassisi «University of Tashkent for Applied Sciences» MCHJ tomonidan belgilanadi.

Dastlabki bosqichda «Biznes axborot tizimlari», «Biznes boshkaruvi», «Axborot xavfsizligi» xamda «Elektron tijorat» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.

Universitetda ta’lim kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Universitet Toshkent shahar Yunusobod tumanida tashkil etiladi. Ta’lim faoliyati 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Ushbu ta’lim muassasiga O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining, jumladan «QS World University Rankings» va «The Times Higher Education World University Rankings» reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi Grinvich universiteti, Markaziy Lankashir universiteti (Buyuk Britaniya) hamda boshqa yetakchi xorijiy OTM ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish qo‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, OTM 2024 yil 1 avgustgacha barcha turdagi soliqlar va Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun kerakli jihozlarni olib kelishda importbojlaridan ozod qilinadi.