O‘zbekistonda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, qo‘shimcha 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2021 yilda umumiy qiymati 1 mlrd 420 mln dollar bo‘lgan 16 ta loyihalar amalga oshiriladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

Prezidentning 2017 yil 2 maydagi qarori bilan gidroenergetikani yanada rivojalantirish dasturiga 3 mlrd 400 mln dollarlik 65 ta loyiha kiritilgan. Shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan.