Jamiyat

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi
23 aprel 2024, 10:08

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.

Urgutdagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi
23 aprel 2024, 09:34

Urgutdagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
23 aprel 2024, 09:33

Toshkent viloyatida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin
23 aprel 2024, 09:00

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin

Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda.

22-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 aprel 2024, 22:58

22-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

37 millionga yetgan O‘zbekiston aholisi, Toshkentga keladigan Devid Kemeron, ta’tilga chiqqan prezident, Damas uchun ochilgan kontraktatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Xorazmda ayol tanishini bo‘g‘ib o‘ldirib, hovlisiga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi
22 aprel 2024, 19:44

Xorazmda ayol tanishini bo‘g‘ib o‘ldirib, hovlisiga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi

Xorazm viloyati Urganch shahrida 38 yoshli ayol o‘ziga tanish ayolni uyiga chaqirib, pul masalasida kelib chiqqan janjalda ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Marhumaning jasadi gumonlanuvchining hovlisidan topildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ham ko‘rib chiqmadi
22 aprel 2024, 18:16

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ham ko‘rib chiqmadi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqqani yo‘q. Konstitutsiyaga ko‘ra, Senat qonunni ko‘rib chiqishi, aks holda hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga yuborilishi kerak edi.

O‘zbekistonda aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi
22 aprel 2024, 17:07

O‘zbekistonda aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi

Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarining aholisi nisbatan tez o‘smoqda. Mamlakat aholisi esa bir yilda 2,1 foizga ko‘paygan.

TOK BOR`da depozitsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud
22 aprel 2024, 17:00

TOK BOR`da depozitsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud

Endi TOK BOR stansiyalarida elektromobilni quvvatlantirish uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lsa bas. Shuningdek, kompaniya biznes egalariga qulay shartlarda hamkorlik taklif qilmoqda.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
22 aprel 2024, 16:27

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 23−30-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

VI BYD Toshkent xalqaro yugurish marafonida 5000 ishtirokchi qatnashdi
22 aprel 2024, 15:00

VI BYD Toshkent xalqaro yugurish marafonida 5000 ishtirokchi qatnashdi

21-aprel kuni VI BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi. Sovrin fondi 720 mln so‘mni tashkil qildi.

Termizdan Toshkentga kelayotgan avtobusda uxlab yotgan ayolga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
22 aprel 2024, 12:47

Termizdan Toshkentga kelayotgan avtobusda uxlab yotgan ayolga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Shaharlararo avtobusda uxlab qolgan ayolning kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegingan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi. Erkak sudda ayolga qo‘li tegib ketganini aytgan.

Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi
22 aprel 2024, 12:06

Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Urganch tumanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan parrandachilik fermasi aniqlandi.

Hafta davomida havo issiq bo‘ladi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
22 aprel 2024, 11:30

Hafta davomida havo issiq bo‘ladi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Hafta davomida ko‘plab hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Faqat 24-aprelda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi +24…+29 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari va qor ko‘chishi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi yakunlandi. To‘rt yilda 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisi o‘qitildi
22 aprel 2024, 11:22

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi yakunlandi. To‘rt yilda 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisi o‘qitildi

O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi.

Qarshi shahrida Damas 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi (video)
22 aprel 2024, 10:49

Qarshi shahrida Damas 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi (video)

Qashqadaryoning Qarshi shahrida Damas haydovchisi 26 yo‘lovchini — bog‘cha xodimi va 25 nafar bolani tegishli hujjatlarsiz tashigani aniqlandi. Bog‘cha xodimi kechga qolib ketilgani uchun bolalarni bir mashinaga joylashtirishga majbur bo‘linganini aytdi. Avtomobil jarima maydoniga qo‘yildi, haydovchi jazolandi.

Toshkentning Avliyo ota ko‘chasi 10 kunga yopildi
22 aprel 2024, 09:44

Toshkentning Avliyo ota ko‘chasi 10 kunga yopildi

Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopildi.

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar firibgarlikning yangi turidan ogohlantirildi
22 aprel 2024, 09:20

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar firibgarlikning yangi turidan ogohlantirildi

Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni telefon orqali o‘zini advokat, politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, hisobraqamga pul o‘tkazishni so‘rayotganlardan ogohlantirdi. Konsullik ularga ma’lumot bermaslik va o‘rnatilgan tartibda chaqirilishni talab qilishni tavsiya etdi.

Yangi “Biznes RBP” bank platformasi mahsulotlarni onlaynga olib chiqishni tezlashtiradi
22 aprel 2024, 09:00

Yangi “Biznes RBP” bank platformasi mahsulotlarni onlaynga olib chiqishni tezlashtiradi

“Biznes RBP” — bu Fido-Biznes tomonidan yaratilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga masofadan xizmat ko‘rsatish uchun yechim.

O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yetdi
22 aprel 2024, 06:52

O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yetdi

22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi. Oy boshida bu ko‘rsatkich 36 963 262 mln nafarni tashkil etgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting