Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Bu “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilayotgani sabab amalga oshiridmoqda.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.