O‘zbekistonda aholi soni 2023-yilning aprel oyiga solishtirilganda 2,1 foizga ko‘paygan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Agentlik ma’lum qilishicha, Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida aholi soni nisbatan tezroq o‘sgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi:

  • Toshkent shahri — 2,7 foiz;
  • Surxondaryo viloyati — 2,5 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati — 2,2 foiz;
  • Namangan viloyati — 2,2 foiz;
  • Samarqand viloyati — 2,2 foiz;
  • Jizzax viloyati — 2,1 foiz;
  • Farg‘ona viloyati — 2,1 foiz;
  • Andijon viloyati — 2,1 foiz;
  • Sirdaryo viloyati — 1,9 foiz;
  • Toshkent viloyati — 1,9 foiz;
  • Xorazm viloyati — 1,9 foiz;
  • Navoiy viloyati — 1,8 foiz;
  • Buxoro viloyati — 1,7 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,4 foiz.

Avvalroq 22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetgani haqida xabar bergandik.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Prognozlarga ko‘ra, tug‘ilish sur’ati 2030-yilgacha bir maromda (o‘rtacha 900−950 ming) davom etadi va aholi soni 41 millliondan oshadi.