Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida bir oyda salkam 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, “Trast M” MCHJga qarashli “zapravka”da gazni elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali hisoblagichlarning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.

”gaz

Tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 28-fevraldan 28-martga qadar 1 mlrd 809,3 mln so‘mlik 1 275 120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Holat yuzasidan kompaniya rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.