22-aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 000 000 kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Bunda erkaklar soni 18,5 million, ayollar soni esa 18,3 million.
Mamlakat aholisi 2024-yil boshida 36,8 mln kishini tashkil etgan. Har bir oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan. Har bir kunda esa o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
1-yanvar holatiga ko‘ra, 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Shahar joylarda — salkam 19 mln kishi, qishloq joylarda — 18 milliondan ziyod kishi yashaydi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Prognozlarga ko‘ra, tug‘ilish sur’ati 2030-yilgacha bir maromda (o‘rtacha 900−950 ming) davom etadi va aholi soni 41 millliondan oshadi.