21-aprel kuni Humo Arena sport majmuasi maydonida 45 ta davlatdan 5000 ga yaqin yuguruvchini to‘plagan VI BYD Toshkent xalqaro marafoni start oldi. Sport tadbirining dasturiga to‘rtta masofa kiritildi: 3 va 10 kmga ommaviy yugurish musobaqalari, 21 km yarim marafon va 42 km klassik marafon masofasi.

marafon, реклама

Tadbir arafasida 20-aprel kuni O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi hududida Kids Run ommaviy yugurish musobaqalari, Shimoliy yurish va nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar uchun ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tib, ularda 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

Marafon tashkilotchilari Toshkent shahri hokimligi, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi Markaziy Osiyo Yengil atletika assotsiatsiyasi bilan birgalikda sport tadbirining koordinatori sifatida oltinchi marotaba ishtirok etdi.

Tadbirni sport vaziri Adham Ikromov ochar ekan, Toshkent marafoni 2019-yildan buyon sportni hayotining ajralmas qismiga aylantirgan ko‘plab yuguruvchilar uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanganini ta’kidlab o‘tdi.

“Marafon ishtirokchilari yildan-yilga startdan finishgacha yo‘llarini davom ettirib, yugurish tajribasini kengaytirib bormoqda va natijalarini yaxshilamoqda. Shubhasiz, Toshkent marafoni bahor faslida o‘tkaziladigan eng go‘zal va manzarali shahar tadbirlaridan biri nomiga sazovordir. Ushbu omillarning barchasi nafaqat O‘zbekistonda, balki uning tashqarisida, qo‘shni davlatlarda ham yugurishni ommalashtirishga xizmat qilmoqda”, — dedi Adham Ikromov.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va BYD Markaziy Osiyo bosh direktori o‘rinbosari, INV Fastroy direktorlar kengashi a’zosi Ivan Sao ham marafon ishtirokchilariga tabrik so‘zlari bilan murojaat qildi.

Marafon World Athletics sport tadbirlari taqvimiga kirib, World Athletics Label rasmiy maqomiga ega. Toshkent xalqaro marafon trassasi Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Tadbir arafasida Toshkentga Janubiy Afrikadan texnik delegat Norri Villiamson nufuzli yugurish musobaqasining xalqaro talablarga muvofiq ravishda tashkil etilgani va o‘tkazilishini baholash uchun tashrif buyurdi. Marafonda, shuningdek, antidoping nazoratini amalga oshirish maqsadida xalqaro doping-ofitserlar ham ishtirok etdi.

marafon, реклама

Sport tadbirining maqomi va nufuzi yildan-yilga ortib bormoqda. Toshkent marafonida ishtirok etish uchun tobora ko‘proq nufuzli sportchilar ariza topshirmoqda. Bu safar startning birinchi liniyasiga xalqaro va yarim marafonlarining g‘oliblari chiqdi. Ular: Yekaterina Tunguskova, Ilya Tyapkin, Xanna Kovalyova, Rinas Axmadeyev, Andrey Petrov, Mariya Korobitskaya, Marina Xmelevskaya, Katerina Vasilchenko, Shohrux Davlatov va boshqalar. Yosh sportchilar 720 mln so‘m miqdoridagi mukofot fondi uchun kurash olib bordi.

marafon, реклама

Mutlaq toifadagi erkaklar va ayollar orasida marafon ishtirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan:

  • 1-o‘rin uchun — 60 mln so‘m;
  • 2-o‘rin uchun — 40 mln so‘m;
  • 3-o‘rin uchun — 30 mln so‘m;
  • 4-o‘rin uchun — 20 mln so‘m;
  • 5-o‘rin uchun — 16 mln so‘m;
  • 6-o‘rin uchun — 10 mln so‘m.

Yarim marafon g‘oliblari 1-o‘rin uchun — 35 mln so‘m, 2-o‘rin uchun — 25 mln so‘m, 3-o‘rin uchun — 20 mln so‘m, 4-o‘rin uchun — 16 mln so‘m, 5-o‘rin uchun — 12 mln so‘m, 6-o‘rin — 8 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari 1-o‘rin uchun 9 mln so‘m, 2-o‘rin — 6 mln so‘m, 3-o‘rin — 3 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Marafon tashkilotchilari ilk marotaba trassa rekordi uchun bosh mukofotga qo‘shimcha sifatida pul mukofotlarini ham ajratdi. VI BYD Tashkent xalqaro marafonida marafon va yarim marafon masofalaridagi rekordlar yangilandi. Erkaklar o‘rtasidagi marafon masofasida 2:18:39 natija — trassadagi yangi rekordi bilan belaruslik sportchi Vladislav Primov g‘olib bo‘ldi. Vladislavning natijasi Baxtiyor O‘tkirovning avvalgi rekordidan 1:34 tezroq bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi yarim marafonda rossiyalik sportchi Rinas Axmadeyev birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. U 1:03:22 natija ko‘rsatdi va Shohrux Davlatovning o‘tgan yilgi natijasini 19 soniyaga yaxshiladi.

VI Toshkent xalqaro marafonining titul hamkori BYD davom etayotgan yarim marafon va marafon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida O‘zbekistonning ilg‘or sportchilari Shoxrux Davlatov va Yekaterina Tunguskovani taqdirlash uchun ikkita yangi bestseller — SONG PRO DM-i CHAMPION`ni taqdim etdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, haqiqiy muvaffaqiyat nafaqat savdo ko‘rsatkichlari va bozor ulushi, balki asosiy qadriyatlar bilan ham belgilanadi. Tadbirga homiylik qilish uning barqaror rivojlanishga sodiqligini namoyish qiladi va O‘zbekistonning mahalliy avtomobil sanoatiga salmoqli hissa qo‘shish maqsadida sport va uning gumanitar maqsadlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi.

marafon, реклама

Tashkilotchilar 2024-yilda hamkor tashkilotlarni ham marafon ishtirokchisi, ham homiy sifatida jalb etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Bu yilgi marafonning hamkorlari Hayat tibbiyot markazi, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Kalleh va RG Brands kompaniyasining A’SU ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi savdo belgisi hamda salomatlik, sport va go‘zallik uchun innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi Siberian Wellness bo‘ldi. Yirik tez xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i Evos marafon kuni 200 dan ortiq ko‘ngillilarni oziq-ovqat bilan ta’minladi. Shuningdek, O‘zbekistonning 70 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlari mazkur sport tadbiriga korporativ jamoa sifatida qo‘shildi.

Marafon boshlanishi arafasida Yengil atletika federatsiyasi rahbariyati tomonidan navbatdagi Toshkent xalqaro marafonining sanasini ma’lum qilindi, u 2025-yil 13-aprelda bo‘lib o‘tadi.

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni g‘oliblari quyidagilar:

  • marafon masofasi — 42 km, ayollar o‘rtasida:

    1. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) — 2:40:58;
    2. Shohsanam Xurramova (O‘zbekiston) — 2:44:30;
    3. Yekaterina Tolstix (Rossiya) — 2:49:30;
    4. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) — 2:52:58;
    5. Olga Serdyukova (Qozog‘iston) — 2:56:07;
    6. Gulnur Yelemesova (Qozog‘iston) — 3:10:25;
  • marafon masofasi — 42 km, erkaklar o‘rtasida:

    1. Vladislav Primov (Belarussiya) — 2:18:39;
    2. Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) — 2:23:29;
    3. Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) — 2:24:53;
    4. Zikrillo Mamatqulov (O‘zbekiston) — 2:32:11;
    5. Bekzod Boymatov (O‘zbekiston) — 2:44:30;
    6. Shahboz Tursunov (O‘zbekiston) — 2:48:42;
  • yarim marafon masofasi — 21 km, ayollar o‘rtasida:

    1. Mariya Korobitskaya (Qozog‘iston) — 1:12:53;
    2. Xalil qizi Aynuska (Qirg‘iziston) — 1:15:26;
    3. Moxinabonu Komilova (O‘zbekiston) — 1:23:04;
    4. Arafatxon Imomaliyeva (O‘zbekiston) -1:26:45;
    5. Oydina Ikromova (O‘zbekiston) -1:32:33;
    6. Diana Yafasova (O‘zbekiston) — 1:39:03;
  • yarim marafon masofasi — 21 km, erkaklar o‘rtasida:

    1. Rinas Axmadeev (Rossiya) — 1:03:22;
    2. Shohrux Davlatov (O‘zbekiston) — 1:04:22;
    3. Yevgeniy Fadeyev (O‘zbekiston) — 1:06:47;
    4. Nodirbek Mutalipov (O‘zbekiston) -1:08:27;
    5. Tilekjan Jekshenali uulu (Qirg‘iziston) — 1:08:38;
    6. Suyunbek Kubanov (Qirg‘iziston) — 1:09:22;
  • ayollar o‘rtasida 10 km masofada:

    1. Azizaxon Mirzakbarova (O‘zbekiston) — 38:49;
    2. Daria Antropova (O‘zbekiston) — 38:50;
    3. Anastasiya Silchenkova (O‘zbekiston) — 39:46;
  • erkaklar o‘rtasida 10 km masofada:

    1. Hasan Mirsoatov (O‘zbekiston) — 33:32;
    2. Aleksandr Salahutdinov (Qirg‘iziston) — 33:36;
    3. Rahimjon Kelmanov (Qozog‘iston) — 33:52;
  • 3 km erkaklar:

    1. Eldor Botirov — 8:05;
    2. Viktor Tsurenko — 8:21;
    3. Diyorbek Ahmedov — 8:24;
  • 3 km ayollar:

    1. Marjona Oqqo‘ziyeva — 9:16;
    2. Xayotxon Abdumannopova — 9:36;
    3. Mixizarbegim Avazjonova — 10:44.

Facebook: fb.com/tmmarathon
Instagram: @tmmarathon

Reklama huquqlari asosida.