Hukumatning 26 fevraldagi qarori bilan 2021−2025 yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, yillar kesimida respublika bo‘yicha jami 31 ta yangi sud binolari quriladi va 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Shu jumladan, Toshkentda 3 ta sudga (Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi va JIB Mirobd tuman sudiga) yangi bino qurish ko‘zda tutilgan.

Barcha loyihalarning dastlabki qiymati — 643,944 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Shundan bino qurilishiga — 453,136 mlrd, rekonstruksiyaga qilishga — 190,808 mlrd so‘m ajratiladi.

Mazkur ob’ektlarning buyurtmachisi etib esa Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari «Yagona buyurtmachi xizmati» IK belgilangan.