Shuhrat Musayev Namangan viloyat hokimining 2021 yil 23 fevraldagi qarori bilan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tayinlovga qadar Shuhrat Musayev viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda viloyat «Istiqbolstat» bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

2000−2017 yillarda viloyat «Iqtisodstat» bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, viloyat hokimligi referenti, bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari bo‘lgan.