Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Farg‘onadagi Shodiyona va Namangandagi Bunyodkor mahallalaridagi vaziyatga izoh berdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«Shodiyona (Farg‘ona) va Bunyodkor (Namangan) mahallalaridagi vaziyat bu — prezident siyosatiga xiyonat. Namangan hokimi mahallada yashash uchun ko‘chib o‘tgani ko‘pchilikka yoqmaydi… Uning oldiga kuniga 50 nafar ayol kelmoqda. Bu ularning muammolari yillar davomida o‘z yechimini topmaganidan dalolat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident viloyatlar hokim va prokurorlariga o‘zini o‘rnak qilib ko‘rsatib, «quyidagi» muammolarni tushunish hamda vazifa va topshiriqlarni «to‘g‘riroq» belgilab olish uchun hech bo‘lmaganda bir oyga mahallalarga yashash uchun ko‘chib o‘tishni taklif qildi.