Barcha viloyat hokimlari muhtoj qizlar va ayollar uchun oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish harajatlarini qoplab beradi. Bu haqda 26 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, oliy ma’lumotli bo‘lish istagida bo‘lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

Ya’ni, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning kontrakt to‘lovini hokimiyat va OTMlar qoplab beradi.

«Bunda, har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa, 30−50 nafardan xotin-qizlarning kontrakt́ини to‘lab berishga mas’ul bo‘ladi. Tanzila Narbayeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan bosh-qosh bo‘ladi», — dedi prezident.

«Men hisoblab chiqtim. Biz buni muammosiz qila olamiz», — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, davlat rahbari o‘tgan yili 15 mingga yaqin xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganini aytgan edi. «Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida „sazoyi“ qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda», — dedi u.