Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Muhammadzokir Mamatxonov 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

2016−2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

U 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uychi tumanida 4 sektor rahbari, shu jumladan tuman hokimi Muxammadayubxo‘ja Apaqov lavozimidan ozod qilingan edi.