Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
28 iyun 2021, 20:47

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi. Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarliklar masalalarini muhokama qilishdi.

28 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 iyun 2021, 20:30

28 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 iyuldan O‘zbekistonda bo‘ladigan o‘zgarishlar, PPX xodimining o‘ziga o‘q uzishi, prezidentning ish haftasi grafiki, avgust oyida O‘zbekistonga olib kelinadigan vaksina — «Gazeta.uz»ning 28 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari yana O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan — Sherzod Asadov
28 iyun 2021, 19:04

Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari yana O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘oniston fuqarolari va harbiylari O‘zbekiston chegarasini yana bir necha marta buzib o‘tgani, oxirgi shunday harakat shanba kuni bo‘lganini ma’lum qildi. Surishtiruv va tergov harakatlaridan so‘ng ular o‘z yurtiga qaytarilgan. «O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak», — dedi Asadov.

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi
28 iyun 2021, 11:26 2

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»
27 iyun 2021, 13:02

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»

Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi
27 iyun 2021, 11:10

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
26 iyun 2021, 23:42

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.

Abdulaziz Kamilov — «Tolibon» nima xohlayotgani haqida
26 iyun 2021, 16:53

Abdulaziz Kamilov — «Tolibon» nima xohlayotgani haqida

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.

Senatorlar davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi
26 iyun 2021, 13:09

Senatorlar davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.

«Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz» — prezident
26 iyun 2021, 02:46

«Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasi va Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik qurilishi bilan tanishdi. «Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz», — dedi prezident. Avvalroq Toshkent hokimligi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘l qurilishi narxi 49 mln dollargacha qimmatlashganiga aniqlik kiritgan edi.

25 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 iyun 2021, 20:30

25 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda joriy etilayotgan yangi karantin cheklovlari, Senatda tashkil etilayotgan yangi qo‘mita, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga beriladigan rag‘batlantirishlar, Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 25 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi
25 iyun 2021, 16:45

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi
25 iyun 2021, 11:54

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin
25 iyun 2021, 08:32

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin

Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun «Osiyo Shengeni» vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev
25 iyun 2021, 00:42

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti videoselektorda qo‘shnilarni hisobga olganda, mamlakat mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga tengligini ta’kidladi. Shu bois, 15 ta hududda klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qolaversa, yana 10 ta hududda charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha KSZlar yaratilishi aytildi. «Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak», — dedi u.

24 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 iyun 2021, 20:30

24 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtirilishi, 2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlanishi, O‘zbekistonda koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlanishi, Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 24 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda
24 iyun 2021, 19:34

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda

O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda rejaga asosan qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan Andijon shahar deputati qamoqqa olindi
24 iyun 2021, 18:50

Daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan Andijon shahar deputati qamoqqa olindi

Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar xalq kengashining deputati Shuhrat Karimov qamoqqa olindi. U ta’sis etgan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Uning hamkasbi Jahongir Jiyanov buni «deputatlarga ochiqdan-ochiq bosim» deb atadi.

«O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi» — TIV
24 iyun 2021, 16:57

«O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi» — TIV

23 iyun kuni Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tganligi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni asrash tarafdori, biroq mamlakat hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, deyiladi bayonotda.

Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi
24 iyun 2021, 10:29

Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting