“Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishini moliyalashtirish uchun Toshkent hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘, shuningdek boshqa hududlardagi investorlarga yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gap majmua yaqinidagi 2,67 gektar yer hamda 0,9 gektarlik Aqva Bog’i akvaparki hududi haqida bormoqda.

2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti 24 iyun kuni “2021−2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning “Turizm poytaxti” deb e’lon qilish taklif etildi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning “Turizm poytaxti” sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.

O‘zbekistonda koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri “hindcha” shtamm aniqlangan. U mamlakatga Rossiya hududidan kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

Sirdaryoda 8 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Sirdaryoda viloyati Sayxunobod tumanidagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilgan erkakka 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. U o‘ta xavfli retsidivist deb e’lon qilingan.

Rishton kulolchilik markazi, lavanda dalasi va Marg‘ilon hunarmandlar markazidan fotoreportaj

Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi doirasida delegatsiyalar a’zolari Qo‘qondagi turistik obyektlar bilan tanishdi. Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Rishton xalqaro kulolchilik markazi hamda Mehrigiyo salomatlik bog‘ining lavanda dalasi “Gazeta.uz” fotoreportajida.

DXX Tojikistondan olib kirilgan qariyb 9 kg giyohvandlik moddalarini musodara qildi

DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida jami 3,3 kg, Toshkent viloyatida jami 5,4 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi. Barcha holatlarda narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk “Turizm poytaxti” deb e’lon qilindi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri kengash mamlakatlarining “Turizm poytaxti” deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi

O‘zbekistonda 2020 yilda 101,6 tonna oltin qazib olindi. Bu bilan O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonliklar “Al-Azhar” universitetida faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi asosida o‘qiy oladi

2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrda joylashgan “Al-Azhar” universitetining barcha muassasalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim olish yuzasidan murojaatlar 25 iyundan — 15 iyulgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, vafot etdi

Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish obyektida ishlayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib tushib, shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Deputat — “Shahidlar xotirasi” majmuasidagi qurilishlar haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishi bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari prezident farmoyishida belgilanganlariga mos kelmayotganiga e’tibor qaratdi. U loyihaga maishiy xizmat binolari, savdo do‘konlari, WiFi hududlari yoki amfiteatr qurish ko‘zda tutilmaganini qayd etdi.

“O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi” — TIV

23 iyun kuni Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tganligi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni asrash tarafdori, biroq mamlakat hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, deyiladi bayonotda.

Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

2017 yildan beri O‘zbekistonda jami 83 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan beri mamlakatda o‘zlashtirilgan investitsiyalar 83 mlrd dollarni tashkil etganligini ta’kidladi. Bu oldingi davrga nisbatan 2 baravar ko‘proq.

Daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan Andijon shahar deputati qamoqqa olindi

Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar xalq kengashining deputati Shuhrat Karimov qamoqqa olindi. U ta’sis etgan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Uning hamkasbi Jahongir Jiyanov buni “deputatlarga ochiqdan-ochiq bosim” deb atadi.

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda

Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda.