Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, senatorlar kun tartibidagi birinchi masala Senatning davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Majlisda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan. Qolaversa, mazkur qo‘mitaning vazifalariga e’tibor qaratilgan.

Qayd etilishicha, qo‘mita davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirib boradi va bu borada doimiy nazoratni amalga oshiradi.

Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.