“Osiyo Shengeni” — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin

Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun “Osiyo Shengeni” vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasi qurilishi kimga topshirildi?

Toshkent yaqinida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Istiqlol” majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi.

Nogironligi bor shaxslar ish topishi uchun Ishplus.uz platformasi ishga tushirildi

“Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash uchun onlayn platformani ishga tushirdi. Loyihaning hamkorlari — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va YeXHT, loyiha BMTning ijtimoiy himoyani mustahkamlash Qo‘shma dasturi tomonidani qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi

Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.

Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi

Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti buxgalteriya xodimlari tomonidan 21 mlrd so‘m naqd pul, Jizzax politexnika institutida esa 1,5 mlrd so‘m plastik kartochkaga o‘tkazilib o‘zlashtirilgan.

Enter Engineering va “Uralmashzavod” O‘zbekistonda 2 mlrd dollarlik boyituvchi kombinat quradi

Enter Engineering va “Uralmashzavod” kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2 mlrd dollar qiymatga ega boyituvchi kombinat qurishadi. Oldinroq ushbu loyiha SFI Management Group nazoratidagi Renaissance Heavy Industries tomonidan amalga oshirilishi kerak edi, biroq fevral oyida ular loyihadan chiqarib tashlandi.

O‘zbekistonda 28 iyundan karantin choralari kuchaytirilmoqda

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.

Toshkentda 18 yoshdan katta bo‘lganlar koronavirusga qarshi emlanadi

Kasallanish holatlari ortib borayotganligi sababli 18 yoshdan katta bo‘lgan Toshkent shahri aholisini bepul koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash boshlanmoqda.

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimga tatbiq qilinmaydi?

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkentga qo‘shni viloyatlardan avtotrnasportda kirish bo‘ychia cheklovlar o‘rnatildi. Sog‘linq saqlash vazirligi ushbu cheklovlar qaysi holatda tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri “qizil” toifadagi hudud deb belgilandi

Koronavirus bilan kasallanish holatlarining oshishi sababli Toshkent shahri “Qizil” toifadagi hududga, Samarqand va Toshkent viloyatlari “Sariq” toifadagi hududlarga kirishi belgilandi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag’batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Ibodat amallarini ochiq havoda tashkil etish tavsiya qilindi

Mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi tavsiya etildi.

Toshkentdagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi

Juma kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in korxonaning ichki qismi va tomiga, shuningdek qo‘shni uyning tom qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbonlar va jarohatlar yo‘q, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.