Siyosat

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi
17 noyabr 2022, 09:49

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi

Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi. Unda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy bitimni ratifikatsiya qilish hamda mahkumlar huquqlari borasidagi qator qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjeti ijrosi yuzasidan hukumat hisoboti eshitiladi.

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi
16 noyabr 2022, 14:57

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, “yashil” taraqqiyot kabi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, Samarqandda bank boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishini o‘tkazish muhokama qilindi.

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi
16 noyabr 2022, 11:44

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov Adliya vazirligiga rahbar bo‘ldi. U shu kunlarda prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Ruslanbek Davletovning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 10:34

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi (COP27)da nutq so‘zladi. U Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi va O‘zbekiston «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.

AQShning yangi elchisi O‘zbekistondagi missiyasini boshladi
16 noyabr 2022, 07:30

AQShning yangi elchisi O‘zbekistondagi missiyasini boshladi

AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tursinxan Xudaybergenov lavozimi o‘zgardi
15 noyabr 2022, 22:06

Tursinxan Xudaybergenov lavozimi o‘zgardi

Prezident 2016 yil dekabrdan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Tursinxan Xudaybergenovni o‘zining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi etib tayinladi.

Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi
15 noyabr 2022, 15:28

Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda YUNESKO mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi
15 noyabr 2022, 12:53

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda YUNESKO mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
15 noyabr 2022, 12:29

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
15 noyabr 2022, 00:17

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?
14 noyabr 2022, 23:23

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?

Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasining axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi
14 noyabr 2022, 17:29

Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasining axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi

Prezident farmoyishi bilan Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, u ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Istanbulda sodir etilgan portlash sabab Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
14 noyabr 2022, 16:00

Shavkat Mirziyoyev Istanbulda sodir etilgan portlash sabab Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi.

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident
11 noyabr 2022, 22:04

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident

Bundan buyon ham doimiy qo‘llab-quvvatlash asnosida ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash va ularning ish haqi miqdorini oshirib borish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi, deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev. Kasaba uyushmalari kunida Toshkentda Kasaba uyushmalari saroyi ochildi.

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi
11 noyabr 2022, 21:07

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT sammitida a’zo davlatlar o‘rtasida Savdoni yengillashtirish strategiyasi tasdiqlandi va Soddalashtirilgan bojxona koridorlari tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, Turkiy investitsiya fondini qisqa muddatlarda tashkil etishga qaror qilindi.

Foto: TDT a’zo davlatlarning birinchi xonimlari Samarqandda uchrashdi
11 noyabr 2022, 17:36

Foto: TDT a’zo davlatlarning birinchi xonimlari Samarqandda uchrashdi

Samarqandda 10 noyabr kuni O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriyaning birinchi xonimlari maxsus tashkil etilgan «O‘zbekiston ranglari» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov
11 noyabr 2022, 17:13

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an TDT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida Shimoliy Kipr tashkilotga kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lgani haqida gapirdi. O‘zbekiston TIV rahbari Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo‘lish mumkin emasligini ta’kidladi.

Kun fotosi: TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari Registonda daraxt ekishdi
11 noyabr 2022, 14:04

Kun fotosi: TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari Registonda daraxt ekishdi

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining asosiy tadbiridan so‘ng, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston yetakchilari Registon maydonida daraxt ekishdi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln tup, qolaversa, Ozarbayjonda 111 ming tup daraxt ekish ko‘zda tutilgan.

Erdog‘an va Berdimuhamedov «Turkiy dunyoning oliy ordeni» bilan mukofotlandi
11 noyabr 2022, 12:45

Erdog‘an va Berdimuhamedov «Turkiy dunyoning oliy ordeni» bilan mukofotlandi

Mukofotlarni topshirarkan, Shavkat Mirziyoyev Erdog‘anning «turkiy davlatlar mustaqilligini mustahkamlashdagi jonbozligi»ni, Berdimuhamedovning «yosh avlod tarbiyasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsayotgan ma’rifiy asarlari»ni qayd etib o‘tdi. Marhum adib Chingiz Aytmatov Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirlandi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi mumkin
11 noyabr 2022, 12:08

Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi mumkin

TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashkilotning Raqamlashtirish markazini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa tarmoqlar uchun zarur raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting