O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2023-yildagi ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Statistika agentligi, OKMK, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi eng yaxshi natijalarni qayd etdi.
Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.
2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Mamatkarimov esa vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Azizxo‘ja Qobilov ham Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. Viloyatlarda daraxt ekish, ariq tozalash va ko‘chalarni yoritish ishlari chiqindi korxonalariga beriladi.
“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.
Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.
Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.
Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — dedi YI elchisi Sharlotta Adrian.
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari va SHUAR o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy bilan o‘zaro savdo hajmining qariyb 10 foizi ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.
Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni o‘tkaziladi. Unda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, sud faoliyati yuzasidan va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi.
Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.
2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting