Juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tdi, uni o‘tkazish fevral oyida prezident tomonidan tasdiqlangan edi. Tadbir birinchi marta keng masshtabli formatda o‘tkazildi.

Ko‘plab davlat rahbarlari va xodimlari ishga jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda keldi. “Gazeta.uz” foto va videolarni to‘pladi.

Foto: “Gazeta.uz”.Foto: “Gazeta.uz”.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Prezident administratsiyasidagi yig‘ilishga 151 va 1-avtobuslardan foydalangan holda yetib bordi. Unga “Gazeta.uz” muxbiri hamrohlik qildi. Sayohat taxminan bir soat davom etdi. Yaqin vaqt ichida bu haqdagi reportajni e’lon qilamiz.

Foto: Transport vazirligiFoto: Transport vazirligi

Uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, o‘rinbosarlari Jasurbek Choriyev va Ilhomjon Abdug‘afarov ishga avtobusda keldi.

“Gazeta.uz” muxbiri raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uning ishxonasigacha bir soat piyoda yurdi. Tez orada bu haqdagi reportajni ham e’lon qilamiz.

Foto: Chilonzor tumani hokimiFoto: Chilonzor tumani hokimi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev bilan metroda tushilgan surat paydo bo‘ldi. Uning o‘rinbosarlari va hokimlikning boshqa xodimlari ham JTdan foydalangan.

Sport vaziri Adham Ikramov ishga 93-avtobusda kelgan, biroq tartibga solinmagan 10 qatorli piyodalar o‘tish joyidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelgan — haydovchilar uni uzoq vaqt davomida o‘tkazib yubormagan.

Foto: Bojxona qo‘mitasiFoto: Bojxona qo‘mitasi

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov ofisiga velosipedda keldi. Qo‘mitaning boshqa xodimlari ham ishga velosipedda, ba’zilari jamoat transportida, ba’zilari esa piyoda qatnadi.

avtomobilsiz kun, jamoat transporti, toshkent

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Prezident administratsiyasidagi ertalabki yig‘ilishga xizmat avtomashinasida keldi, biroq shundan so‘ng ishga metro orqali bordi.

avtomobilsiz kun, jamoat transporti, toshkent

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, FVV markaziy apparati rahbariyati o‘z avtomobillarini vazirlik garajida qoldirib, ishga asosan jamoat transportida yetib kelgan.

Toshkent shahri hokimligi esa #AvtomobilsizKun heshtegi bilan deyarli bo‘sh turgan avtoturargoh aks etgan videoni e’lon qildi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev (suratda chapda), Sergeli viloyati hokimi Elbek Shukurov (o‘ngda) va “O‘zkomnazorat” rahbari A’zam Abdullayev ham ishga avtobusda yetib borgan.

Jamoat transportidan tez-tez foydalanadigan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishga metro orqali yetib keldi.

Muntazam piyoda sayr qiladigan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov o‘z odatiga sodiq qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” aksiyasini jamoatchilik va ekologiya faollari takliflari asosida amalga oshirish Shavkat Mirziyoyevning 21-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan edi.

Shu kuni binolari Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlariga “jamoat transportida ish joyiga kelish orqali shaxsiy namuna ko‘rsatib borish” topshirilgan.

Kecha tunda hukumat qarori bilan har oyning uchinchi chorshanbasida “Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.