Toshkent shahrida 3−7 iyun kunlari shu kun uchun rekord issiq havo haroratlari qayd etildi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet

Toshkent shahrida 3−7 iyun kunlari kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi. Toshkent shahrida kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori havo harorati +44,6 darajaga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan.

Sana

2021 yilda qayd etilgan maksimal havo harorati, °S

Mutlaq maksimal havo harorati, °S (yil)

O‘rtacha sutkali havo haroratining ko‘p yillik shu davr uchun me’yoriy qiymatdan chetlashishi, °S

3 iyun

+38,2

+37,8 (1895)

+8,2

4 iyun

+39,2

+38,3 (1900)

+6,5

5 iyun

+41,6

+38,6 (2008)

+8,2

6 iyun

+42,6

+38,5 (1911)

+9,9

7 iyun

+40,8

+39,7(1894)

+9.6






Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni 3−7 iyun kunlari O‘zbekiston hududlarida Eron hududlaridan issiq havo massalari kirib kelishi, havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi va o‘rtacha sutkalik havo haroratining shu kunlar uchun xos bo‘lgani iqlimiy me’yor qiymatlaridan 7−10 daraja yuqorilashi to‘g‘risida xabar berilgandi.