8 iyun kuni Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Air Astana aviakompaniyasiga Nur-Sulton — Toshkent — Nur-Sulton va Olmaota — Toshkent — Olmaota yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2010 yil 18 noyabr kuni ekspluatatsion ruxsatnoma ham berilgan.