Massachusets texnologiya instituti QS World University Rankings 2022 reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu institut 2012 yildan beri birinchi o‘rinni egallab keladi.

QS World University Rankings 2022 bo‘yicha top-10 universitetlar:

  1. Massachusets texnologiya instituti (AQSh)
  2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)
  3. Stenford universiteti (AQSh)
  4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)
  5. Garvard universiteti (AQSh)
  6. Kaliforniya texnologiya universiteti (AQSh)
  7. London imperial kolleji (Buyuk Britaniya)
  8. Syurixdagi Shveysariya federal texnologiya instituti (Shveysariya)
  9. UCL — London Universitet kolleji (Buyuk Britaniya)
  10. Chikago universiteti (AQSh).

Reyting dunyo bo‘ylab 1300 ta universitetni o‘z ichiga olgan.

Muassasalar oltita mezon bo‘yicha baholangan:

  • universitetning akademik mavqesi;
  • ish beruvchilar orasidagi mavqesi;
  • o‘qituvchilar va talabalar nisbati;
  • universitetning iqtiboslarda keltirilish ko‘lami;
  • umumiy o‘qituvchilar orasida xalqaro o‘qituvchilar nisbati;
  • umumiy talabalar orasida xalqaro talabalar nisbati.