Yangi Zelandiyaning Oklend shahri The Economist Intelligence Unit talqiniga ko‘ra, yashash uchun eng qulay bo‘lgan shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

«Chegaralarning yopilishi va natijada COVID-19 bilan kasallanganlarning kamligi sababli Yangi Zelandiya teatrlar, restoranlar va boshqa madaniy diqqatga sazovor joylarni ochiq saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Talabalar maktabda o‘qishni davom ettirishga muvaffaq bo‘lishdi», — deya izoh berishdi reyting mualliflari.

Ushbu reyting bo‘yicha top-10 likka kirgan shaharlar:

  1. Oklend (Yangi Zelandiya)
  2. Osaka (Yaponiya)
  3. Adelaida (Avstraliya)
  4. Vellington (Yangi Zelandiya)
  5. Tokio (Yaponiya)
  6. Pert (Avstraliya)
  7. Syurix (Shveysariya)
  8. Jeneva (Shveysariya)
  9. Melburn (Avstraliya)
  10. Brisben (Avstraliya)

Yashash uchun yaroqlilik ro‘yxatida so‘nggi beshta o‘rinni Jazoir (Jazoir), Dakka (Bangladesh), Port-Morsbi (Papua Yangi Gvineya), Lagos (Nigeriya) va Damashq (Suriya) kabi shaharlar egalladi.

Economist Intelligence Unit reytingida jami 140 ta shahar beshta yo‘nalish, jumladan barqarorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va atrof-muhit, hamda infratuzilma sohalari bo‘yicha baholangan.