Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Seshanba kuni HY603 reysi bilan Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni SU1891 reysi bilan «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Moskvaga faqat ikkita aviareys mavjud: shanba kunlari Uzbekistan Airways tomonidan HY603 reysi va yakshanba kunlari «Aeroflot» tomonidan SU1891 reysi amalga oshirilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways 15 iyundan boshlab Moskvadagi «Domodedovo» aerportidan parvozlarni tiklashi haqida xabar bergan edik. Shu kundan boshlab «Vnukovo» aeroportiga reyslar amalga oshirilmaydi.