Enter Engineering kompanilar guruhi, «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokiga oid mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida «kalitgacha» topshirish sharti bilan gazni qayta ishlash zavodini, uning infrastrukturaviy obyektlarini, gazni to‘plash, tayyorlash va transportirovka qilish tizimini loyihalashtirish, jihozlarni yetkazish va qurish" loyihasi bo‘yicha 2019 yilning dekabr oyida boshlangan ishlar bugungi kunda qizg‘in pallaga kirganini ma’lum qiladi.


Ushbu loyiha doirasida Enter Engineering loyihani amalga oshirish uchun barcha ishlarni: loyihalashtirish, xaridlar, qurilish, ishga tushirishdan avvalgi sozlash va ishga tushirish paytidagi sozlash ishlarini bajaradi.

Qurilish ishlari besh bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Gazni qayta ishlash zavodi (GQIZ).
  2. Yo‘laksimon avtoyo‘l, oltingugurtuzatgich, oltingugurt saqlanadigan ombor, 250 kishiga mo‘ljallangan vaxta shaharchasi, 106 nafar gazchilar oilasi bilan yashaydigan turar-joy shaharchasi, sanoat chiqindilari poligonidan iborat bo‘lgan GQIZ infrastrukturasi.
  3. Yura davri cho‘kindilari quduqlaridan gazni to‘plash tizimi.
  4. Tovarbop gazni uzatish quvuri.
  5. Elektr ta’minoti tarmog‘i, suv ta’minoti tizimi va omborxona xo‘jaligidan iborat bo‘lgan tashqi infrastruktura.

Hozirgi vaqtda GQIZ va uning infrastrukturasi obyektlarini detalli loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni kunda tovarbop gazni uzatish quvuri, tashqi asosiy suv ta’minoti manbaini detalli loyihalashtirish yakunlandi. Detalli loyihalashtirish bo‘yicha keyingi ishlarni davom ettirish uchun rezerv suv ta’minoti manbai belgilandi (Janubiy Surxon suv ombori), turar-joy shaharchasi qurilishi uchun yer maydoni, shuningdek omborxona xo‘jaligining joylashuvi kelishildi. Zavodni loyihalashtirish borasida prinsipial texnologik sxemalarni, kerakli asbob-uskunalar hamda materiallarni xarid qilish uchun talabnomalar va so‘rov varaqlarini, shuningdek birinchi navbatdagi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish chizmalarini tayyorlash ishlari bajarilmoqda.

Uzoq muddatli tayyorlov sikli asbob-uskunalarini ishlab chiqarish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Konstruktorlikka oid muhim hujjatlarni tayyorlash va kelishish, buyurtmalarni tartibga solish va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun asosiy materiallarni yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 2021 yil oxirigacha qurilish maydoniga zavod uchun birinchi yirik gabaritli jihoz keltirilishi rejalashtirilgan.


Infrastruktura tarkibiga kirgan obyektlar uchun materiallar uzluksiz ravishda yetkazib berilmoqda. Ayni shu kunlarda zavod maydonini rejalashtirish, asosiy texnologik uskunalar tagiga dastlabki poydevorni joylashtirish, suvuzatgich quvurini yotqizish va suv oluvchi inshootlarni bunyod etish, GQIZga eltuvchi yo‘laksimon yo‘ldagi avtoyo‘l ko‘prigini qurish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Vaxta shaharchasi binolari va inshootlarida umumiy qurilish va elektromontaj ishlari yakunlanish bosqichiga yetdi.

M-25 loyihasi Surxondaryo viloyatida tabiiy gazni qazib olish, transportirovka qilish va sotish uchun «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konini qidirib topish va ishlab chiqishni, gazni qayta ishlash zavodi va uning infrastrukturaviy obyektlari qurilishini o‘z ichiga oladi.

Loyiha 2017 yilning aprel oyida O‘zbekiston bilan tuzilgan «Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi» bitim shartlari doirasida xalqaro investorlar konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida loyiha operatori sifatida Surhan Gas Chemical Operating Company YATT MCHJ kompaniyasi ishlamoqda.

Reklama huquqi asosida.