«Tolibon» O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
1 sentabr 2021, 18:54

«Tolibon» O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

«Tolibon» O‘zbekistonni Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Unda toliblar O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlashi, O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi qayd etilgan.

Poytaxtda sovuq suv ta’minotida uzilish kuzatiladi
1 sentabr 2021, 17:56

Poytaxtda sovuq suv ta’minotida uzilish kuzatiladi

6-sentabrdan 8-oktabrga qadar Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv uzilishi kutilmoqda. Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Uzilishlar jadvali.

«Yashil maydonlar» va jamoat parklarini tashkil etish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda
1 sentabr 2021, 17:50

«Yashil maydonlar» va jamoat parklarini tashkil etish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda

Ekologiya qo‘mitasi fuqarolardan har bir hududda «yashil maydonlar» va jamoat parklarini tashkil etish, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ko‘chatlar ekish bo‘yicha takliflarini yuborishlarini so‘radi.

COVID-19: Ketma-ket uchinchi kun kasallanganlar soni 800 dan oshmayapti
1 sentabr 2021, 12:55

COVID-19: Ketma-ket uchinchi kun kasallanganlar soni 800 dan oshmayapti

Ketma-ket uchinchi kun koronavirusga chalinganlar soni 800 dan oshmayapti. 31 avgust kuni pnevmoniya holati esa bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda yuqoriroq bo‘ldi.

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi yerlarni sotishdan tushgan pullar nimalarga sarflanadi?
1 sentabr 2021, 12:49

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi yerlarni sotishdan tushgan pullar nimalarga sarflanadi?

Daryo bo’yi Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi doirasida Chirchiq daryosini toraytirish hisobiga ochilgan yerlar Toshkent hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. So‘ngra ular lotlarga ajratilib, investorlarga sotiladi. Tushgan mablag‘lar byudjet ssudalarini qoplash va kelgusidagi qurilishlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

«Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman» — prezident
31 avgust 2021, 21:08

«Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlar ekan, bo‘lg‘usi prezident saylovlarida dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman», — dedi u.

31 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 avgust 2021, 21:00

31 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi O‘zbekiston" majmuasidagi Mustaqillik monumentining ochilish marosimi, yangi tayinlovlar, Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi to‘g‘risida TIV bayonoti — “Gazeta.uz"ning 31 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
31 avgust 2021, 20:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Estoniyada yangi prezident saylangani, Gruziyada COVID-19 holatlari ko‘paygani tufayli yangi cheklovlarning joriy etilgani, Xitoy suvlariga kirayotgan xorijiy kemalar uchun yangi qoidalar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
31 avgust 2021, 17:59

Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

2019 yildan buyon Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi haqiqatga zid — TIV
31 avgust 2021, 16:49

Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi haqiqatga zid — TIV

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» harakati Afg‘oniston hududida o‘zbek tilining o‘qitilishini taqiqlagani,bir qator o‘zbek mualliflar asarlari yo‘q qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston TIV «Tolibon» rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida «ushbu axborotning haqiqatga zidligi»ni ta’kidladi. Vazirlik «Tolibon» vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
31 avgust 2021, 16:33

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 671,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi
31 avgust 2021, 15:37

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi
31 avgust 2021, 13:59

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida «Yangi Toshkent» loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni «bahavo joyda» qurish ko‘zda tutilgan. «Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi», — dedi davlat rahbari.

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi
31 avgust 2021, 13:04

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi

Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy ombordagi portlashdan so‘ng iste’foga chiqdi
31 avgust 2021, 12:54

Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy ombordagi portlashdan so‘ng iste’foga chiqdi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirining Jambil viloyatidagi harbiy qism o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganidan keyin bergan iste’fosini qabul qildi. Portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.

WSJ: O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilarini chiqarib yuborish rejasi haqida ogohlantirdi
31 avgust 2021, 12:20

WSJ: O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilarini chiqarib yuborish rejasi haqida ogohlantirdi

O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini chiqarib yuborish rejalashtirilayotganidan ogohlantirdi, deb yozmoqda WSJ nashri. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» avgust oyi o‘rtasida O‘zbekistonga uchib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni qaytarishni talab qilmoqda.

«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident
31 avgust 2021, 11:57

«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Turkiyalik mutaxassis Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi
31 avgust 2021, 11:38

Turkiyalik mutaxassis Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektori etib Turkiyaning Yilmaz universiteti professori Chidem Janbay Turkyilmaz tayinlandi.

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi
31 avgust 2021, 10:18

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

Dushanba kuni AQShning so‘nggi harbiy samolyoti Afg‘onistonni tark etdi va mamlakatning harbiy missiyasi yakunlandi. Shuningdek, AQShning Afg‘onistondagi diplomatik faoliyati ham to‘xtatildi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Kobuldagi elchixona yopiqligicha qoladi.

30 avgust kuni O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus aniqlandi
31 avgust 2021, 10:14

30 avgust kuni O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 201 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting