31 avgust kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 742 tani tashkil etib, jami kasallanganlar 157136 nafarga yetdi. Kunlik holatlar 25 avgustdan (846) beri ketma-ket uchinchi kun tushmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich 5 avgust kuni — 974 kishi kasallanishi bilan qayd etilgandi.

SSV маълумотига ko‘ra, eng ko‘p holat Toshkent shahri (251), Toshkent viloyati (116), Qoraqalpog‘iston (79), Farg‘ona viloyati (69), Samarqand viloyatida (65) kuzatilgan. Boshqa hududlarda esa kasallanish bilan bog‘liq raqamlar 30dan oshmagan.

COVID-19`dan sog‘ayganlar kun davomida 683 nafarga, jami 149274 kishiga yetdi.

Rasman koronavirusdan vafot etganlar soni 6 taga ko‘payib, jami 1088 kishini tashkil qilmoqda.

31 avgust kuni shuningdek, 244 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Umumiy bemorlar soni 23909 nafarga yetdi. Bir kun avval kasallikka chalinish ko‘rsatkichi 201 tani tashkil qilgan edi, 21 dan 29 avgustga qadar esa kuniga 300 dan ortiq kishi ushbu kasallik bilan og‘rigan.

Bir kunda tuzalganlar soni esa 306 nafarni, jami 16576 kishini tashkil qilayapti.

Qolaversa, 3 nafar bemor olamdan o‘tgan. Shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 174 nafarga yetdi.