Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida «yashil maydonlar» va jamoat parklarini tashkil etish borasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kamida 5 mln tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi.

Ekologiya qo‘mitasi fuqarolar, OAV va jamoat tashkilotlari vakillaridan

Takliflar 6 sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.