Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 27 avgust kuni «Daryo Bo’yi Business City ishbilarmonlik markazini chegara hududlarini belgilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat E-Qaror portaliga joylashtirildi.

Avvalroq «Gazeta.uz» loyiha 2020 yil 29 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sergeli va Zangiota tumanlariga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangani haqida yozgan edi. Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65−80 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonida «Daryo bo‘yi Biznes siti» loyihasi amalga oshiriladi. U yerda ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari yaratiladi.

Loyihaning 16 km masofadagi hududni — Ohangaron shossesidan «Yangi hayot» tumanigacha bo‘lgan hududni egallaydi.

«O‘zbekiston 24» kanali lavhasi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev bir oy muddatda tasdiqlangan yer chegaralariga muvofiq hokimlik yer zaxira fondiga olishni topshirdi.

«O‘zbekiston 24» kanali lavhasi.

Daryo Bo’yi Business City Direksiyasi direktoriga loyihaning bosh rejasini ishlab chiqilishida, Chirchiq daryosini oqib o‘tuvchi 5 kilometrlik qismining daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash va daryo o‘zanini 50−110 metrgacha qisqartirish hisobiga ochiladigan qo‘shimcha bo‘sh yer maydonlarini lotlarga ajratgan holda, obodonlashtirish va ularda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va turar-joylar obyektlarini joylashtirish taklifini kiritish topshirildi. Bunda ikki oy muddatda yerlar lotlarga ajratilishi, so‘ngra elektron auksion savdolariga chiqarilishi kerak (prezidentning PF-6243 farmoniga muvofiq).

Auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar, sotuv xarajatlarini chegirib tashlagan holda loyihaning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligidan ajratilgan ssuda mablag‘larini (300 mlrd so‘m ekani aytilgan) qoplashga va loyihaning keyingi bosqichlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Hokim qarorida loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan 100 mlrd so‘m byudjet ssudasini qaytarish muddati 2022 yil 1 iyulga qadar uzaytirilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, loyiha hujjatlariga Chirchiq daryosi ustidan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini yer ostiga o‘tkazishni kiritish rejalashtirilgan.

Chirchiq daryosining 16 km uzunlikdagi qirg‘oqlarini toraytirish hisobiga jami bo‘lib 400 gektar yerni bo‘shatish va investorlarga sotish kutilmoqda.