Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi.

Tayinlovga qadar 2019 yildan buyon Azim Ahmadxo‘jayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Azim Ahmedxodjayev (1979 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar «Asaka» banki boshqaruvi raisi bo‘lgan. Avvalroq — 2011 yil mayidan — O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yil fevralida AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, avgustdan LBMAda raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish masalalari bo‘yicha blok rahbari bo‘ldi.