Podpolkovnik Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Yunusobod tumani 2-sonli IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.