Hukumat qarori bilan Chidem Janbay Turkyilmaz Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Huquqiy-axborot Telegram-kanali xabar bermoqda.

Chidem Janbay Turkyilmaz Turkiyaning Yildiz texnika universiteti, «Arxitektura» kafedrasi professori hisoblanadi.

OTMning avvalgi rahbari Erkin Isakov 2021 yil 23 apreldan rektor v. b lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlangan edi.