Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgustdagi qarori bilan sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini pasaytirishni ma’qulladi.

Xususan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.

2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.

20 avgust kuni prezident va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida Karakalpak sement direktori Shavkat Azizov Shavkat Mirziyoyevdan sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 15 foizgacha tushirishni so‘ragan edi, chunki mahalliy korxonalar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmaydi. Davlat rahbari sement mahsulotlarining narxlarini tahlil qilish va unga «ilmiy asoslangan tahlil» taqdim qilib, soliq stavkasini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni topshirgandi.

Tadbirkor joriy yilning olti oyida mahalliy ishlab chiqaruvchilar sementining o‘rtacha bir tonna narxi 588 ming so‘mni tashkil etgan, import qilinganida esa mahsulot tannarxi 12−13% arzonroq — 521 ming so‘mga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida sement importi hajmini ikki barobarga oshirgan edi. Bunga sement mahsulotlarini olib kirish uchun bojxona bojini bekor qiligani (bungacha 30 foizni tashkil etgan) va qurilish hajmining oshgani sababli bo‘lgan. Shunda, to‘rt oy ichida 50,5 mln dollarlik 1 mln tonna sement olib kirildi.