30 avgust kuni O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 156 394 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 148 590 (+687) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1082 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 201 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 23 665 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 171 nafarga yetdi.