Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 6 sentyabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 17,82 so‘mga ko‘tarildi va 10 671,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 45,57 so‘mga ko‘tarildi va 12 616,32 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,94 so‘mga ko‘tarildi va 145,65 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 1,29 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 653,18 so‘mni tashkil qilgandi.