O‘zbekistonda oltita kimyo-texnologik klaster barpo etiladi

Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi “Navoiyazot"da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.

“ArMI-2021”: Kinolog va harbiy-tibbiy xodimlar birinchilikni qo‘lga kiritdilar

Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Jazoir va “Forish” poligonida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda o‘zbek kinolog va harbiy-tibbiy xodimlari yangi rekordlarni qayd etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinlarni egalladilar.

Turkiyalik mutaxassis Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektori etib Turkiyaning Yilmaz universiteti professori Chidem Janbay Turkyilmaz tayinlandi.

“Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

WSJ: O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilarini chiqarib yuborish rejasi haqida ogohlantirdi

O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini chiqarib yuborish rejalashtirilayotganidan ogohlantirdi, deb yozmoqda WSJ nashri. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” avgust oyi o‘rtasida O‘zbekistonga uchib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni qaytarishni talab qilmoqda.

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi

Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

“Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi Mustaqillik monumenti ochildi (foto)

Seshanba kuni prezident va jamoat faollari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Monument o‘zida O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini aks ettirgan. “G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident: “Yangi Toshkent” barpo etiladi, poytaxt “yashil hudud” ga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida “Yangi Toshkent” loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni “bahavo joyda” qurish ko‘zda tutilgan. “Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi”, — dedi davlat rahbari.

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.

Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi haqiqatga zid — TIV

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon” harakati Afg‘oniston hududida o‘zbek tilining o‘qitilishini taqiqlagani, bir qator o‘zbek mualliflar asarlari yo‘q qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston TIV “Tolibon” rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida “ushbu axborotning haqiqatga zidligi"ni ta’kidladi. Vazirlik “Tolibon” vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

2019 yildan buyon Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.