14 avgust kuni O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 143 041 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 135 864 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 976 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 502 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 17 916 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 120 nafarga yetdi.