FT: Afg‘onistondagi vaziyat tufayli O‘zbekiston yevrobondlar arzonlashdi
17 avgust 2021, 20:35

FT: Afg‘onistondagi vaziyat tufayli O‘zbekiston yevrobondlar arzonlashdi

Afg‘on inqirozi tufayli O‘zbekiston va Pokistonning dollardagi yevrobondlari bosim ostida qoldi, deya qayd etdi Financial Times. Fondlar boshqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo‘shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
17 avgust 2021, 20:25 2

1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 270 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 822 ming so‘m etib belgilandi.

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi
17 avgust 2021, 18:23

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi

Dunyo axborot agentligi O‘zbekiston hududida Afg‘oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo‘qligini ma’lum qildi.

Uchinchi Renessans nima degani?
17 avgust 2021, 18:10

Uchinchi Renessans nima degani?

Shavkat Mirziyoyev matbuotga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston tushunchalari nimani anglatishiga aniqlik kiritdi.

Amerika samolyoti bir reysda 640ga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qildi
17 avgust 2021, 16:51

Amerika samolyoti bir reysda 640ga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qildi

Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.

Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart — XDP
17 avgust 2021, 16:46

Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart — XDP

Xalq demokratik partiyasi ta’kidlashicha, Tashkent City majmuasiga pul to‘lab kirish — Konstitutsiya tamoyillariga zid va jamiyatda tabaqalashuvga olib keladi. «O‘zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko‘ra tabaqalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart», — deyiladi xabarda.

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan
17 avgust 2021, 16:36

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan

Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
17 avgust 2021, 16:04

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7,69 so‘mga pasaydi va jami 10 652,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Chinozda 10 nafar «jihodchi» qo‘lga olindi — IIV
17 avgust 2021, 15:34

Chinozda 10 nafar «jihodchi» qo‘lga olindi — IIV

DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan «jihodchilar» oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Ular «jihod» maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Samarqandda muftiy Usmonxon Alimovning janozasi o‘qildi (foto)
17 avgust 2021, 15:22

Samarqandda muftiy Usmonxon Alimovning janozasi o‘qildi (foto)

Marhum shayx Usmonxon Alimovning janoza namozi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘qildi. Janozaga Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston va boshqa davlatlardan qorilar tashrif buyurdi — fotoreportaj.

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi» — Shavkat Mirziyoyev
17 avgust 2021, 15:10 1

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab odamlarning bandligi va daromadi tadbirkorlikning qanday qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. «Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi», — dedi u.

Toliblar afg‘onlarni ishlariga qaytishga chaqirdi
17 avgust 2021, 14:17

Toliblar afg‘onlarni ishlariga qaytishga chaqirdi

«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.

Pastdarg‘omda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17 avgust 2021, 12:53

Pastdarg‘omda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston chegarada tinchlikni saqlash bo‘yicha «Tolibon» vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi — TIV
17 avgust 2021, 12:19

O‘zbekiston chegarada tinchlikni saqlash bo‘yicha «Tolibon» vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi — TIV

TIV Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotida, O‘zbekiston «qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini» qat’iy bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha «Tolibon» harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilindi. Mamlakatning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.

«Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda» — prezident
17 avgust 2021, 11:38

«Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda» — prezident

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, hududlarga tashrif chog‘ida «marshrut»ni o‘zgartirish joylardagi rahbarlarni bo‘shashmasdan, doimo ishchan holatda turishga o‘rgatadi. Davlat rahbarining qayd etishicha, uning ogohlantirishiga qaramasdan, joylarda faqat prezidentning tashrifi oldidan ko‘cha va maydonlarni tozalash ishlari davom etmoqda.

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev
17 avgust 2021, 11:18

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan 500 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar 450 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

16 avgust kuni O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus aniqlandi
17 avgust 2021, 10:26

16 avgust kuni O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 407 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

«Toshkent va yirik shaharlarda yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshiriladi» — prezident
17 avgust 2021, 10:14

«Toshkent va yirik shaharlarda yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshiriladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev endilikda poytaxt va yirik shaharlardagi yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, davlat rahbari daraxtlar kesilishi masalasiga to‘xtalib, «yashil hududlarni kamaytirish holatlari tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan joylar qolmayotganini» ta’kidladi.

Qarshida Nexia urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok bo‘ldi
17 avgust 2021, 09:29

Qarshida Nexia urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok bo‘ldi

Qarshi shahrida Nexia piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan 9 oylik chaqaloqni urib yubordi. Voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden
17 avgust 2021, 02:24

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden

AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting