2021 yilning iyuli ob-havo ustidan olib borilgan 142 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Bu haqda TASS AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasiga (NOAA) tayanib xabar qildi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida ular tomonidan qayd etilgan yer va okean sathidagi umumiy o‘rtacha harorat XX asrdagi o‘rtacha haroratdan 0,93 daraja yuqori bo‘lib, 15,8 darajaga yetdi.

Mazkur idora ob-havoni 1880 yildan buyon kuzatib kelmoqda. Iyuldagi avvalgi rekord 2016 yilda qayd etilgan, so‘ngra xuddi shu ko‘rsatkich 2019 va 2020 yillarda ham kuzatilgan edi. O‘sha yillarda rekord 0,01 daraja Selsiyni tashkil etgan.

Shu bilan birga, 2021 yilning iyuli Osiyoda kuzatilgan eng issiq oy bo‘ldi, Yevropada esa bu bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi — rekord 2018 yil iyulida qayd etilgan. Shimoliy va Janubiy Amerika, Okeaniya va Afrikada esa eng issiq oylar o‘nligiga kirdi.