Toshketning Yangihayot tumanida yashovchi ayol R. T. o‘zining olti kunlik qiz chaqalog‘ini sotishga uringan vaqtda qo‘lga olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Ayol 7 avgust kuni tug‘ilgan go‘dagini 18 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan va ko‘rsatilgan pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.