“Hech qachon bunday adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman” — bosh vazir Olimpiada o‘yinlari haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. “Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi”, — dedi u.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olindi — fotoreportaj

Samolyotdan bayroq ko‘tarib chiqqan Bahodir Jalolov, sportchilarni tabriklagan Senat raisi, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan bosh vazir, sportchilarga berilgan “Prezident sovg‘asi” — Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj (video).

Bahodir Jalolov va uning onasi, afsonaviy Oksana Chusovitina — o‘zbekistonlik olimpiyachilar bilan intervyu

Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — Tokiodan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilar “Gazeta.uz” muxbiriga intervyu berishdi.

Lionel Messi “PSJ” jamoasiga o‘tdi

“Barselona"ning sobiq o‘yinisi Lionel Messi 2+1 sxemasi bo‘yicha “Pari Sen-Jermen” bilan shartnoma imzoladi.

Qoraqalpog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida janjal sodir bo‘ldi

Mo‘ynoq tumanidagi “Orol” stadionida tumanning “Mo‘ynoq siti” va “Jayxun” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelishmovchilik kelib chiqqan va bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan ayrim tomoshabinlar maydonga chiqib ketgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

“Chelsi” Yevropa Superkubogi sohibi bo‘ldi

“Chelsi” klubi Yevrop Superkubogida “Vilyarreal” jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va chempion bo‘ldi (foto).

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkin. U bilan og‘zaki kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabi tashkil etiladi

Prezident topshirig‘i bilan boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovning sport mahorat maktabi tashkil qilinadi.

Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va musobaqa ishtirokchilariga ham pul mukofoti beriladi

Prezident topshirig‘i bilan Olimpiya chempionlarining murabbiylari — 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanadi. Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Oksana Chusovitinaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish amaliyotidan voz kechish kerakligini ta’kidladi

Prezident legioner sportchilarni olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganligini ta’kidladi. “Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak”, — dedi u.

“Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi olimpiadada jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. “Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi”, — dedi prezident.

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirladi. Bokschi Bahodir Jalolovga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitovga — “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, Oksana Chusovitinaga esa — “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi.

“Musobaqalarda tanish-bilishchilikka chek qo‘yish uchun onlayn platforma yaratiladi” — Aziz Abduhakimov

Prezident olimpiadachilar bilan juma kungi uchrashuvda sport musobaqalaridagi tanish-bilishchilik holatlariga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tanish-bilishchilikni yo‘qotish uchun onlayn platforma ishlab chiqilishini ma’lum qildi. “Ertaga kimdir o‘zidan-o‘zi, hech qayerda yutmasdan xalqaro turnirlarda yoki respublika musobaqalarida ishtirok eta olmaydi”, — dedi u.