Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar mazkur lavozimda 2019 yilning aprel oyidan beri Zafar Qosimjonov faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, IIV xabariga ko‘ra, vazirlikning boshqa hududlarida ham tayinlovlar amalga oshirilgan.