Poytaxtdagi uchta tumanning hokimlariga «hayfsan» berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi 16 sentabr kuni qabul qilingan. E-Qaror portalida e’lon qilingan farmoyishga «Gazeta.uz» e’tibor qaratdi.

Shavkatbek Irgashev, Jahongir Ibrohimov va Hayot Inagamov. Foto: Toshkent hokimligi

Hujjatga ko‘ra, Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevга, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovга va Yangihayot tumani hokimi Ҳаёт Иногамовга nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu hokimlarga «hayfsan» berilishining sababi 2021 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari ekanligi ko‘rsatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining yuqoridagi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Yunusobod, Yangi Hayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida fizik hajm indeksi keskin pasaygan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning avgust oyida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametov, Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov va Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxovlarga nisbatan «hayfsan» intizomiy chorasi qo‘llanilgan edi.