Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 22 sentabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 1,40 so‘mga ko‘tarildi va 10 688,10 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 33,70 so‘mga ko‘tarildi va 12 544,62 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,40 so‘mga ko‘tarildi va 145,97 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,70 so‘mni tashkil qilgandi.