Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Mikrofon ko‘targan ayol” Telegram-kanali.

Qayd etilishicha, buning uchun budjetdan yiliga 100 mlrd so‘m ajratiladi.

“Buni nazorat qilinglar, korrupsiya bo‘lmasin. Boshqa hech bir hududda bunday bo‘lmagan. Buni o‘zim o‘ylab yozdim. Bolajonlarimning ko‘pining onasi kasal”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.