2020/2021 — o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 571,5 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ulardan:

  • talaba yigitlar — 311,5 ming nafar;
  • talaba qizlar — 260 ming nafarni tashkil etgan.

Avvalroq, qo‘mita 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.

Moliya vazirligi tomonidan talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilingan hamda bu haqdagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.