Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 oktabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida klasterlar faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlat rahbari kelgusi yildan ekinlarni joylashtirish tartibi saqlangan holda g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi berilishini ma’lum qildi.

Prezident ushbu sohadagi boshqa qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan:

  • har birg‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allanibirja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi;
  • qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan g‘alla yetishtirishni imtiyozli kreditlash tartibikelgusi 3 yildasaqlab qolinadi;
  • Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘arma2,5 million tonna g‘allani birjadanbozor narxlaridadavlat zaxirasi uchun sotib oladi;
  • sotib olingan g‘alladonni saqlash quvvatlari mavjud g‘allachilik klasterlariga tanlov asosida saqlash uchun joylashtiriladi;
  • «O‘zdonmahsulot» tarkibidagidonni qayta ishlash korxonalarinegizida g‘alla klasterlari tashkil etish uchun ularochiq savdolarga chiqariladi;
  • joriy yilda davlat zaxirasiga sotib olingan g‘alla hisobiga, klasterlarning qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchunhar bir kilogramm bug‘doyga 350 so‘mdanajratiladi.

Mutasaddi shaxslarga ikki hafta davomida bug‘doyning to‘liq hisob-kitobini amalga oshirish topshirildi.