1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi
5 aprel 2022, 09:17

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi

Prezident qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Unga ko‘ra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.

«Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
4 aprel 2022, 23:05

«Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

1 aprel kuni «Tashabbusli budjet» loyihasining ilk mavsumi yakunlandi hamda g‘oliblar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, ushbu mavsum davomida fuqarolar jo‘natgan jami 70 mingga yaqin tashabbusdan 2215 tasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarga ovoz berish jarayonlarida esa 6,7 mln kishidan ko‘proq aholi ishtirok etdi. G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 34 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash loyihalari bo‘ldi.

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi
4 aprel 2022, 22:54

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi

Mart oyida kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 15 foiz va 15,4 foizgacha ko‘tarildi. Respondentlar narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar siftida valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi kabilarni keltirishgan. Yil boshida MB 2022 yilda inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishini prognoz qilgandi.

4 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 aprel 2022, 22:00

4 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xodimlarni shtat qisqarishidan ogohlantirgan Adliya vazirligi, karantin vaqtida hisoblanmagan pensiyalarni to‘liq to‘lab berilishi, qilichbozlik bo‘yicha ilk o‘zbekistonlik jahon chempioni, Oksana Chusovitinadan yana yangi sovrin, hafta issiq bo‘lishi kutilayotgani, QR-kodli chek uchun Surxondaryoda «samosud» qilingan jurnalist va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston Fransiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda
4 aprel 2022, 20:35

O‘zbekiston Fransiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Oradan ikki yil o‘tib Uzbekistan Airways Toshkentdan Parijga bo‘lgan muntazam aviareyslarni qayta tiklamoqda. 29 apreldan 10 iyunga qadar qatnovlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish tartibi belgilandi
4 aprel 2022, 18:38

Bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish tartibi belgilandi

Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish pullik xizmat ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi. Bog‘cha rahbari va ota-ona o‘rtasida shartnoma tuziladi, bola 3 yoshga to‘lgach shartnoma bekor qilinadi. 2 yoshli bolalar guruhi dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin ham ishlashiga ruxsat beriladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
4 aprel 2022, 18:24

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3,89 so‘mga ko‘tarilib, 11 408,50 so‘mga teng bo‘ldi. Yevro va rubl kurslari esa yana pasaydi.

Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi pora olganlikda gumon qilinmoqda
4 aprel 2022, 17:50

Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi pora olganlikda gumon qilinmoqda

Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4 ming dollar talab qilib, shundan 2,5 ming dollarni olganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida
4 aprel 2022, 17:50

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida

«Bu so‘nggi bir necha yil ichida ko‘proq orqaga ketgan sohalardan biri. Lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p», — dedi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Tim Torlot O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar va blogerlar unchalik gapirishni xushlamaydigan muammolar hali ham mavjud.

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni shtat qisqarishidan ogohlantirdi
4 aprel 2022, 17:29

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni shtat qisqarishidan ogohlantirdi

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni ehtimoliy ishdan bo‘shatilish haqida ogohlantirdi. 207 nafar tuman va shahar adliya bo‘limi boshliqlari, 207 nafar DXM direktorlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. «Maqbullashtirish va shtat qisqarishi asosan rahbar lavozimlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, tumandagi va xizmat ko‘rsatuvchi bironta shtat qisqarmadi», — deyiladi xabarda.

Boston Dynamics omborda xizmat qiluvchi «aqlli» robotlar sotuvini boshladi
4 aprel 2022, 16:59

Boston Dynamics omborda xizmat qiluvchi «aqlli» robotlar sotuvini boshladi

Boston Dynamics qutilarni bir joydan boshqa joyga ko‘chira oladigan Stretch robotlari sotuvini boshladi. Kompaniya 2022 yilda yetkazib berish rejalashtirilgan barcha robotlarni allaqachon sotib bo‘ldi. Jumladan, DHL 15 mln dollarga robotlarni xarid qildi.

Ukrainaning Bucha shahrida sodir bo‘lgan fojia. Munosabatlar
4 aprel 2022, 16:52

Ukrainaning Bucha shahrida sodir bo‘lgan fojia. Munosabatlar

Ukraina shahar va qishloqlari 40 kundan beri aviatsiya va artilleriya o‘qlari ostida yashamoqda. Jahon OAV Rossiya qo‘shinlari tomonidan Kiyev viloyatida tashlab ketilgan, ko‘chalari tinch aholining jasadlari bilan to‘lib-toshgan, ba’zilarining qo‘llari orqasiga bog‘lab qo‘yilgan Bucha shahridan olingan kadrlarni chop etdi. Rossiya Mudofaa vazirligi fotosuratlar va videolavhalarni «navbatdagi provokatsiya» va «G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun sahnalashtirish» deb atadi. Fojia haqida nimalar ma’lum va qanday munosabatlar bildirildi — sharhimizda.

Karantin tufayli tayinlanishi kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi
4 aprel 2022, 16:28

Karantin tufayli tayinlanishi kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi

Pensiya jamg‘armasi ma’lum qilishicha, fuqarolarning pensiya olish huquqi karantin davrida paydo bo‘lsa, biroq ushbu muddatda pensiya tayinlash uchun murojaat qila olmasa, unga pensiya huquqi paydo bo‘lgan sanadan boshlab to‘liq pul to‘lab beriladi.

Buxoro viloyati hokimi yodgorliklar nurayotganiga e’tiborsiz mas’ullarni tanqid qildi
4 aprel 2022, 16:05

Buxoro viloyati hokimi yodgorliklar nurayotganiga e’tiborsiz mas’ullarni tanqid qildi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Nodir Devonbegi va Ko‘kaldosh madrasalarini ko‘zdan kechirib, ularning qarovsiz qoldirilgani va nurab ketayotgani uchun mas’ul rahbarlarni tanqid qildi. Buxoro shahar hokimi, viloyat hokimining o‘rinbosari va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘iga 10 aprelgacha tarixiy ahamiyatga molik barcha obektlarni obodonlashtirishni buyurdi.

O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida avtomobillar importi 5 barobardan oshdi
4 aprel 2022, 15:31

O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida avtomobillar importi 5 barobardan oshdi

O‘zbekiston ikki oy ichida 18 ta davlatdan besh mingdan ortiq avtomobil import qildi. «Inomarka"lar eng ko‘p Xitoy, Janubiy Koreya va Qozog‘istondan keltirilgan.

«Qonuningni Toshkentga borib talab qilasan». Jurnalist Surxondaryoda «samosud» qilindi
4 aprel 2022, 15:20

«Qonuningni Toshkentga borib talab qilasan». Jurnalist Surxondaryoda «samosud» qilindi

Termizda Kun.uz muxbiri va «Zakovat» bilimdoni Abbos Salaydinov dorixona sotuvchisidan QR-kodli chek talab qilgani uchun «samosud» qilindi. Dorixona egasi va sotuvchisi unga «qonunni Toshkentga borib talab qilishini» aytib, jismoniy kuch ishlatgani va haqorat qilgani aytilmoqda. Dorixona egasi, sotuvchi, xattoki jurnalistning o‘ziga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni test-sinovlarisiz ko‘chirish to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on — Oliy ta’lim vazirligi
4 aprel 2022, 14:44

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni test-sinovlarisiz ko‘chirish to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on — Oliy ta’lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni test-sinovlarisiz, to‘lovlarsiz va soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum qilindi.

19 yoshli Oliviya Rodrigodan 44 yoshli Kane Uestgacha — Gremmi-2022 g‘oliblari e’lon qilindi
4 aprel 2022, 13:16

19 yoshli Oliviya Rodrigodan 44 yoshli Kane Uestgacha — Gremmi-2022 g‘oliblari e’lon qilindi

Las-Vegasda Gremmi musiqiy premiyasining 64-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bruno Mars va Anderson Pakning «Leave The Door Open» kompozitsiyasi «Yil qo‘shig‘i» deb e’tirof etildi. «Yil albomi» bo‘yicha g‘oliblikni Djon Batist qo‘lga kiritdi. G‘oliblar orasidan 19 yoshli Oliviya Rodrigo va kambek qilgan Kane Uest ham o‘rin olgan. Qolaversa, marosimga videomurojaat yo‘llagan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy san’atkorlardan jimlikni musiqa bilan to‘ldirishni so‘radi.

Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi
4 aprel 2022, 13:08

Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi

Aleksandr Vuchich Serbiya prezidentligi saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U saylovchilarning kamida 60 foizlik ovozini to‘pladi. Shuningdek, Vengriyada ham parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi koalitsiya g‘olib bo‘ldi.

Haftaning birinchi yarmida harorat 33 darajagacha issiq bo‘ladi
4 aprel 2022, 11:39

Haftaning birinchi yarmida harorat 33 darajagacha issiq bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha yoz fasli kabi quruq ob-havo kuzatiladi. Bu iqlimiy me’yordan +10 darajaga yuqori. 7 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting