Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.

Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib chorshanba kuniga kelib kunduzi +30, +33 darajagacha ko‘tariladi, bu iqlimiy me’yordan +8, +10 darajaga yuqori.

4−5 aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda 7 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat +23, +28 darajagacha biroz pasayadi.